PSJ asosiy yarim himoyachilaridan birini uzoq muddatga yo‘qotdi

  • 6 aprel, 2022, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik yarim himoyachisi Leandro Paredes jarohat olib safdan chiqdi, deb xabar bermoqda L'Equipe.

Tecno

Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining pay mushaklari shikastlangan. Yarim himoyachida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi mumkin. Qayta tiklash davri esa bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi.

Paredes joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!