
PSJ Angliyadan zo‘r hujumchi oladi
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Angliyalik yulduzga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda va yanvar oyida uni Parijga ko‘chirib kelmoqchi.
Media Foot nashrining xabar berishicha, parijliklar o‘tgan yoz Reshfordni transfer qilmoqchi bo‘lgandi. Lekin bu ish amalga oshmay qoldi.
Hujumchining manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Markus transfer bo‘yicha muzokaralarga kirishish huquqiga ega bo‘ladi. Agar klub tez orada o‘z tarbiyalanuvchisini yangi bitimga ko‘ndirmasa, yanvarda sotib yuborishiga yoki yozda tekinga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
24 yoshli forvard sentyabr oyida Angliya premer-ligasining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan edi.
Fikrlar