PSJ 2 nafar etakchi futbolchisidan ayrildi
PSJ klubi o‘zining ikki nafar asosiy tarkib futbolchisidan ayrildi. Aniqrog‘i, himoyachi Tiago Silva va yarim himoyachi Ander Errera jarohat oldi
Klub rasmiy saytining xabar berishicha braziliyalik futbolchi 3 hafta, ispaniyalik futbolchi esa 1,5 - 2 oyga safdan chiqqan.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Silva joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 30 yoshli Errera esa 18 ta o‘yinda 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar