PSJ, "Yuventus" va "Atletiko" Argentina terma jamoasi darvozaboni uchun kurash boshladi

  • 23 dekabr, 2019, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ, "Yuventus" va "Atletiko" klublari "Boka Xuniors" darvozaboni Esteban Andrada uchun kurash boshlashdi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaalarga qaraganda Evropa grandlari 28 yoshli Argentina terma jamoasi posbonini joriy qishki transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirishgan. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli 22,5 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Andrada “Boka Xuniors” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!