PSJ - MYu uchrashuvidan so‘ng Kantona va Neymarning otasi urushib ketishgani ma’lum bo‘ldi

  • 9 mart, 2019, 13:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan PSJ hamda "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlangach "Park de Prens"da janjal kelib chiqqan.

Tecno

RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra janjal markazida “qizil iblislar”ning afsonasi Erik Kantona va parijliklar hujumchisi Neymarning otasi bo‘lgan. Gap shundaki, Kantona o‘yin yakunlangach braziliyalik futbolchi va uning yaqinlariga, jumladan otasiga qarata provokatsion imo-ishoralar qilgan. Natijada esa Neymar tomondagilar bunga musht bilan javob qaytarishga harakat qilishgan. Ularni stadiondagi xavfsizlik xodimlari ajratib qolishgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan PSJ 1/4 final yo‘llanmasini MYuga sovg‘a qilib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!