ProSports Management: O‘runovning agenti juda jiddiy odam, Ostonga hamon yangi takliflar bor!

  • 3 noyabr, 2020, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ProSports Management kompaniyasi o‘zbek futboliga ham begona emas. Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga transfer qilinishida ham bu kompaniya rahbari  German Tkachenko va mutaxassis Qahhor Mo‘minovning xizmati bor. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham shu kompaniya mijozi hisoblanadi.

Tecno

Kompaniya direktori Germani Tkachenko jurnalistlarga bergan intervyusida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi – Oston O‘runov haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni oshkor qildi. Ushbu intervyuning O‘runovga tegishli qismini e’tiboringizga havola etamiz.

1650662-35011175-2560-1440

- O‘runov uchun 2 million evro yaxshi taklifmi?

- Men bu transferni muhokama qilishni istamayman. Chunki manfaatlar to‘qnashuviga nishon bo‘lib qolishim mumkin.

- “Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev shu summa haqida gapirgandi...

- TsSKA va “Rubin” Oston uchun 2 million evrodan taklif qilgan edi. Bu borada izoh berishim biroz qiyin, chunki mening kompaniyam O‘runovning agentlik huquqlari bo‘yicha ishtirokchi hisoblanadi. Biroq bu unchalik katta huquq emas. O‘runovning juda jiddiy agenti bor  – Li Feng, Xitoydan.

O‘zim O‘runov haqida juda yaxshi fikrdaman. Yozgi transferlar vaqtida juda ko‘p munozara qildik va hatto tortishib ham qoldik. Chunki men uning TsSKA o‘tishi tarafdori edim. U erda yosh futbolchiga qulayroq bo‘lardi. TsSKAdagi raqobatchilar “Spartak”dagi Aleks Kral, Zalimxan Bakaev, Roman Zobnin kabi nomdor va o‘ta kuchli emas. TsSKA yoshlarni asosiy tarkibga tayyorlashni yaxshi biladi va u erda yoshlarga bosim kamroq. “Spartak” ham Ostonni olib xato qilmaganiga aminman.  O‘runov bugungi kunda ham yaxshi takliflar bor. Bu Shamil Gazizovning yutug‘i.

Sir bo‘lsa ham shuni aytishim mumkinki, aslida O‘runov joriy yilning boshida TsSKAga o‘tishi kerak edi. Fevral oyida “armiyachilar” bilan xorijga yig‘inga borishi rejalashtirilgandi. Lekin viza muammosi tufayli bu amalga oshmadi. TsSKA bosh murabbiyi Viktor Goncharenkoga O‘runovning o‘yini doim ma’qul kelgan. Lekin bir marta ko‘rikdan o‘tishi shart edi. Natijada u “Ufa”ga o‘tib ketib qoldi.

Men O‘runovga ishonaman, lekin vaziyat quyidagicha: “Spartak” etakchilardan biri, bu katta klub. Unga oson bo‘lmasligi aniq. Shu bilan birga kuchli raqobat u tanlagan kasbning ajralmas qismi. Oston albatta hammasini uddalaydi.

- Gazizov amalda O‘runovni o‘zidan o‘zi sotib olgan bo‘lib chiqyapti. Shunday emasmi?

- Xo‘sh, nima bo‘pti? Sotib olmasligi kerakmidi?

d0401a9fabba93460eb100e4d7c6ee555ef4c6c3e1c72643787540

- Endi, yangi ish joyida birinchi transferi shu bo‘ldi-da...

- Menga bunaqa gaplar yoqmaydi. Boshqalar oldida shunday ustunlikka ega bo‘lib turgan paytingda, bundan foydalanib qolish kerak emasmi? Gazizov bu o‘yinchiga chin dildan ishonadi, uni ich-ichidan yaxshi biladi. Uning barcha xislatlari va sifatlari bilan yaxshigina tanish. Hech kim qaror qilishga botina olmagan paytda, aynan Shamil tavakkalga qo‘l urdi. Agar boshqa vaziyat bo‘lganda uni “Spartak”ga bermas edik. Atrofda turib fikr bildirayotganim yo‘q. Men uni TsSKAga o‘tishi tarafdori edim. TsSKA O‘runov uchun 2 million va keyingi transferidan katta ulush va’da qilgandi. Ostonning o‘zi “Spartak”dagidan ozgina kamroq maosh olardi, xolos.  Bu masalada qaror qabul qilish mas’uliyati Shamilda edi va aynan u Ostonni “Spartak”ga o‘tishini hal qildi.

1604212209_oston-ururnov-680x420

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov “Spartak”da kuchli va tajribali futbolchilar bilan munosib raqobatlashishga harakat qilmoqda. Bosh murabbiy Domeniko Tedesko ham o‘zbek yarim himoyachisiga ishonch bildirmoqda va moslashishi uchun etarli vaqt berishini ta’kidlagan. Hozircha, Ostonning o‘zi  shu kunga qadar barcha turnirlarda etita uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda esa, endigina jarohatidan forig‘ bo‘lgan futbolchimiz, yana shikastlanib safdan chiqdi. Xullas, Oston uchun sinovlar jarayoni davom etmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!