Professional boksda IBF reytingi yangilandi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rni bilan tanishing (foto)

  • 12 oktabr, 2021, 12:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan IBF sentyabr oyi yakuni  uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Mazkur yo‘nalishda bir nechta  o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham o‘rin olgan.
 
Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov 1-o‘rinda reytingni boshqarib kelmoqda. 
 
Super engil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4, Shahram G‘iyosov esa 10-o‘rindan joy olgan.
 
Birinchi yarim engil vaznda (-55,3 kg) mazkur yo‘nalish jahon chempionlik kamari egasi Murodjon Ahmadaliev reyting yuqorisida chempion pozitsiyasida ko‘rsatilgan. 
 
Boshqa hamyurtlarimiz reytingdan o‘rin olmagan.
photo_2021-10-12_11-41-23
 
photo_2021-10-12_11-41-11

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
12/10/2021 14:42
Вакилларимизни юқори ўринларда кўриш қувонарли ҳол. Омад Профе рингларида олға йигитлар...
Baxil Alihuja
12/10/2021 12:15
Qudratillo allaqachon Spens bilan tushishi kerak edi. Spens 3 yildan oshdi. Haliyam jangdan qochib yuribdi. Qudratillo hech bulmasa, Spensdan jarima undirib, Porter bilan jang utkazib tursa yaxshi bulardi.