
Professional bokschilarimiz Janubiy Koreyada ringga ko‘tariladilar
Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promoushenida faoliyat yuritib kelayotgan bokschilarimiz Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov navbatdagi janglarini 17 mart kuni Pusan shahrida o‘tkazishadi.
Bobur Najmiddinov murabbiyligi ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan Ravshanbek Shermatov mazkur to‘qnashuvda mezbon sportchi Jong Sun Gang bilan kuch sinashadi. Jang 6 raund etib belgilangan. Bu bokschi shu vaqtga qadar 7 mart ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
Abdurasul Ismoilovning ham raqibi koreyalik bo‘lib, Yon Min Kimga qarshi kechadigan qarama-qarshilik 8-raunddan iborat.
Ma’lumot uchun: Har ikki o‘zbekistonlik bokschi ham professional ringda 3 martadan jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchishgan.
Fikrlar