Professional boks olamida super to‘qnashuvlar bo‘ladi (Anons)

  • 13 mart, 2020, 19:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning bahor oylarida jahon professional boks olami bizga bir qator qiziqarli janglarni taqdim etadi. Bir nechta yulduzlar ham navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Ular orasida chempionlik kamari uchun bo‘ladigan to‘qnashuvlarni barcha orziqib kutayotgan bo‘lsa ajab emas.
Biz ushbu janglarni anons tarzida e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

21 mart
Mayris Briedis (26-1-0-19 KO) – Yuniel Dortikos (24-1-0-22 KO)

Latviya poytaxti Riga shahrida tashkil etiladigan boks oqshomining markaziy jangida mezbon Briedis hamda kubalik Dortikos o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Og‘ir vazn toifasida kechadigan ushbu qarama-qarshilik IBF chempionlik kamari uchun bo‘ladi.

dortikos

28 mart

Artur Beterbiev (15-0-0-15 KO) – Fanlun Men (16-0-0-10 KO)

Yarim og‘ir vazn toifasida IBF hamda WBC chempionlik tituli uchun kechadigan jang Kanadaning Kvebek shahrida bo‘ladi. Mazkur jangda xitoylik bokschi da’vogar sifatida ringga ko‘tariladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki ikki yo‘nalish chempioni rossiyalik charmqo‘lqop ustasi hisoblanadi.

afisha-boj-artur-beterbiev-fanlun-men

11 aprel

Daniel Dyuba (14-0-0-13 KO) - Joy Joys (10-0-0-9 KO)

Ikki britaniyalik superog‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz odimlayotgan nokautchi bokschilar o‘zaro hisob – kitob qilishadi. Mazkur jang London, O2 arenada bo‘lib o‘tadi.

Djoys

2 may

Dillian Uayt (27-1-0-18 KO) – Aleksandr Povetkin (35-2-1-24 KO)

Super og‘ir vazn toifasidagi ushbu to‘qnashuv Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘rtaga WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari tikilgan.

uayt

16 may

Qudratullo Abduqahhorov (17-0-0 -9 KO) - Sergey Lipinets (16-1-012 KO)

Yarim o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz rossiyalik Lipinetsga qarshi IBF yo‘nalishining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

qudrat

23 may

Aleksandr Usik (17-0-0-13 KO) -Derek Chisora (32-9-0-23 KO)

Superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazishni boshlagan ukrainalik bokschi britaniyalik xurmacha qiliqlari bilan dong taratgan Chisoraga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur qarama-qarshilik Londonda O2 arenasida tashkil qilinadi.

Usik_1

30 may
Vasiliy Lomachenko (14-1-0-10 KO) – Teofimo Lopes (15-0-0-12 KO)

Engil vazn toifasi etakchilari WBC, IBF, WBO, WBA chempionlik kamarlari uchun jang qiladi. Mazkur super to‘qnashuv Nyu-York, Medison-skver-gardenda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!