
Pro ligaga tushib ketgan "Turon" safiga legioner qo‘shildi (Foto)
Ayni kunlarda "Turon" jamoasi vakillari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kunning ikki vaqtida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlik va futbolchilarning to‘p bilan ishlash mahoratlarini oshirishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulotlarning ikkinchi qismida olib borilayotgan fitnes mashqlari tayyorgarlikning yanada yuqori darajada tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, kuni kecha koreyalik legioner futbolchi Kim Bo Yong klub qarorgohiga etib keldi va mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa yig‘inida bir qator yangi futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tmoqda.
Fikrlar