
Pro ligada markaziy o‘yin oldidan kimda imkoniyat qanday?
Ertaga Pro liganing navbatdagi turida «Qo‘qon-1912» jamoasi turnir jadvalidagi asosiy raqibi «Dinamo»ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs oldidan "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tdi.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 23 marta to‘qnash kelishgan. Bu safargi to‘qnashuv O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi 24-to‘qnashuv bo‘ladi.
O‘yinlarning 9 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 6 ta bahsda samarqandliklar qo‘li baland kelgan. 8 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 28-28. O‘zaro o‘yinlarda «Qo‘qon-1912» 35 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning ochkosi 26 tani tashkil etadi.
E’tiborlisi, "Dinamo" hali Qo‘qonda yutmagan. Ko‘ramiz, bu safar nima bo‘larkin?
Fikrlar