Pro-liga yangi mavsumiga qachon qur’a tashlanishi e’lon qilindi

  • 18 fevral, 2023, 17:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati Pro-liga musobaqasining 2023 yilgi mavsumi uchun 21 fevral sanasida qur’a tashlanishini ma’lum qildi. Jarayon “UzReport” telekanali orqali 19:00 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi.

Tecno

Pro-liganing joriy mavsumida 11 klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Musobaqa formati bilan mazkur reglament orqali tanishib olish imkoniyati mavjud.

Liga rejasiga ko‘ra, Pro-liganing yangi mavsumi 15 mart kuni start oladi. Klublar 28 fevralga qadar futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!