
Pro liga. "Xorazm" safarda "Sho‘rtan" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi
Pro liganing 10-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Xorazm" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning minimal, 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlabki bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi. 34 daqiqada Xojiakbar Yunusov o‘ng qanotdan raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo‘limni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan "Xorazm" 65 daqiqada hisobda oldinga chiqib oldi: Ulug‘bek Sharipov aniq zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga chiqib oldi. Bu gol o‘yinda yagona bo‘ldi.
Shu tariqa, xorazmliklar safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar