
Pro-liga. "Andijon" - "Aral Samali": O‘zaro o‘yinlarda kim ko‘proq g‘alaba qozongan? (prevyu)
27 mart kuni Pro-liganing 3-turida “Andijon” klubi o‘z maydonida Nukusning “Aral Samali” jamoasini qabul qiladi. Bo‘lajak bellashuvga jamoalar qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ushbu klublarning O‘zbekiston chempionatidagi o‘zaro o‘yinlar tarixi 1992 yildan boshlangan. Shuni aytish lozimki, nukusliklar chempionat davomida "Turon" nomi bilan ham ishtirok etishgan.
Ushbu jamoalar Oliy liga (hozirgi Superliga), birinchi liga (hozirgi Pro-liga) hamda O‘zbekiston Kubogi bahslarida hammasi bo‘lib 20 marotaba to‘qnash kelishgan. Katta ustunlik vodiyliklar tomonida.
“Andijon” 12 ta uchrashuvda g‘olib chiqqan va 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. 5 ta bellashuvda esa durang qayd etilgan. “Andijon”ning eng yirik g‘alabasi - 7:1. "Aral Samali"ning eng yirik g‘alabasi - 3:1.
To‘plar nisbatida katta tafovut bor. "Andijon" nukusliklar darvozasini 50 marotaba ishg‘ol qilgan. “Aral Samali” esa 21 ta to‘p kiritgan.
Marhamat, quyida umumiy statistika bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar