Pro liga. Aleksey Evstafeev - "Do‘stlik" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi!

  • 20 may, 2024, 11:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2010 yilda O‘zbekistonda eng yaxshi murabbiy deb tan olingan Aleksey Evstafeev Toshkentning "Do‘stlik" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Kecha klub bazasida yangi murabbiylar shtabi bilan tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilinishicha, Evstafeevga Gennadiy Kochnev yordamchi murabbiy sifatida ko‘mak beradi. Darvozabonlar murabbiyi Vyacheslav Tomilin ekani qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Do‘stlik" ayni vaqtda birorta ochko to‘plamagan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!