"Prezident kubogi". 8-tur bellashuvlari yakuniga etdi. Kim etakchi bo‘lib turibdi?

  • 28 noyabr, 2024, 21:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Tecno

Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.

Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.

Bugun musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turda Nodirbek Abdusattorov xitoylik raqibi Xu Minguini mag‘lub etgan bo‘lsa, Javoxir Sindarov Hindiston vakili Saring Nihalga imkoniyatni boy berdi.

Quyida ushbu turda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

8-turdan so‘ng Sarin Nihal turnir peshqadami bo‘lib turibdi. Ro‘yxatning to‘liq shakli bilan tanishing:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!