
Bartomeu “Barsa”ning transferini sindirib ketgan ekan
“Barselona”ning sobiq prezidenti Jozep Bartomeuning o‘yinchi tanlashni bilmasligi, iste’dodli futbolchini “Bavariya”ga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgani oshkor etildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” afsonalaridan biri Xristo Stoichkov 2018 yilda kataloniyaliklarga 17 yoshli tezkor himoyachi Alfonso Devisga e’tibor qaratishni tavsiya qilgan.
O‘sha paytda klubga rahbarlik qilgan Bartomeu futbolchining kanadalik ekanini bahona qilib, Stoichkovning tavsiyasini rad etgan.
Myunxenlik skautlar Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” jamoasida o‘zini ko‘rsata boshlagan o‘smirni nazardan qochirmadi va uning transferi uchun 10 million evro sarflandi.
Devis bugungi kunda dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. “Barselona”da esa aynan mana shu pozitsiya bo‘yicha muammo bor.
Fikrlar