
Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Nasaf"
Superliganing 10-turida “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 17 may kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 28 marta to‘qnash kelishgan. “Nasaf” o‘yinlarning 19 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 51-27 “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 61 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.
Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 6 ta uchrashuv natijalari
02.05.2022. "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 0:1
28.06.2021. "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 1:2
14.07.2020. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 2:2
27.08.2019. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:0
13.09.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 1:1
21.04.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf - 0:0
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 17 may kuni, soat 20:00 da boshlanadi. Uchrashuv Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari esa 18 may kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘zaro bellashadilar.
Fikrlar