Prevyu. "Navbahor" - "Olimpik"

  • 29 may, 2024, 01:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida “Olimpik” (Toshkent)ni qabul qiladi.

Tecno

“Navbahor” hamda “Olimpik” klublari O‘zbekiston Superligasida shu paytgacha 4 ta o‘yin o‘tkazishgan va ularning bittasida “lochinlar”, yana bitasida olimpiyachilar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 2 ta bellashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida tenglik – 5-5.

O‘zaro o‘yinlarda ham har ikki jamoa 5 tadan ochkoga ega. 

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari:

                            2022 yil

05.07.2022.  “Olimpik” – “Navbahor” – 1:1 (1:1)

Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (39) - Jamshid Iskanderov (2).

25.10.2022. “Navbahor” – “Olimpik” – 1:1 (0:1)

Gollar: Jamshid Iskanderov (86) - Muhammadqodir Hamraliev (42).

                             2023 yil

28.05.2023. “Navbahor” – “Olimpik” – 2:1 (1:0)

Gollar: Jamshid Iskanderov (43), Oston O‘runov (50) - Ruslanbek Jiyanov (90+3).

24.11.2023. “Olimpik” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Gollar: Ibrohim Ibragimov (44), Sherzod Esanov (87) – Toma Tabatadze (89). 

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Olimpik” uchrashuvi 30 may kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!