Prevyu. "Bunyodkor" - "Andijon"
“Andijon” jamoasi chempionatning so‘nggi tur uchrashuvini Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.
Bo‘lajak bellashuv ikkala jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi o‘zaro 30-o‘yiniga aylanadi. Bu yil birinchi davrada Andijonda o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisbida ustun kelgan.
Umuman olganda, jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar statistikasiga ko‘ra, “Bunyodkor”da 22, “Andijon”da esa 1 g‘alaba bor. Yana 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 57\14.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” - “Andijon” uchrashuvi bugun, 30 noyabr sanasida soat 15:00 da boshlanadi.



Fikrlar