Prevyu. "Axal" - "Paxtakor"

  • 6 noyabr, 2023, 11:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turida "Paxtakor" Ashxobodda Turkmanistonning "Axal" jamoasi bilan maydonga tushadi.

Tecno

Avvalgi turdagi to‘qnashuv jamoalarning o‘zaro birinchi rasmiy o‘yiniga aylangandi. "Sherlar" Turkmanistonda oxirgi marta 1998 yil "Nisa" bilan bahs o‘tkazgan. 25 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" yana turkman klubiga qarshi safarda to‘p tepadi.

"Axal" 1989 yil tashkil etilgan. Musobaqada 2022 yilgi Turkmaniston chempioni sifatida ishtirok etmoqda. Hozirgacha bu jamoa bitta chempionlikdan tashqari 4 marta Turkmaniston Kubogi va 1 bor Turkmaniston Superkubogida zafar quchgan. Ayni paytda jamoa o‘z chempionatida 16 o‘yinda 20 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi uchrashuvda "Nebitchi" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Jamoalar tarkibida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.

"Axal" va "Paxtakor" o‘rtasidagi bellashuv 7 noyabr, seshanba kuni soat 19:00 da "Ashxobod" stadionida boshlanadi.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!