
Poytaxtimizda Terens Krouford ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, yurtimizga jaxon professional boks olamining eng mashxur namoyandalaridan biri Terens Krouford tashrib buyurgan edi. Bugun poytaxtimizning eng so‘lim istiroxat bog‘laridan biri Ekoparkda ushbu bokschi ishtirokida o‘ziga xos shou bo‘lib o‘tdi. Mazkur shou O‘zbekiston professional boks Federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda, bokschi bilan uchrashuv bayramga aylanib ketdi. Estrada yulduzlaridan Alisher Fayz, Umidaxon, Shaxriyor, Sanjar Xoliqov, Zoxid Risqievlar o‘z chiqishlari bilan muxlislarni xursand qildi. Faxriy mexmon esa, yosh bokschilarga o‘ziga xos maxorat darslari o‘tish bilan birga, estalik rasmlarga ham tushdi. Unga Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov, eng yosh professional bokschilarimizdan Ravshan Maxammadjonovlar yordam berishdi. Bir so‘z bilan aytganda barchasi ajoyib tarzda bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar