Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Marokash murabbiyi nimalar dedi?

  • 11 dekabr, 2022, 01:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi JCh-2022 chorak final bosiqichdan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi bahsdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Biz ajoyib jamoa bilan to‘qnash keldik. Maksimal natijani ko‘zlayapmiz. Jamoa sardori jarohat oldi, lekin bizda har bir futbolchi kurashmoqda. 

O‘yindan avval yigitlarga Afrika tarixini yozishimiz kerakligini aytgandim. Biz buni uddaladik. Kuchli tomonlarimizga asoslanib, oldinga bordik. Bu bosqichni engib o‘tamizmi, deya o‘zimizga savol bergandik. Endi muvaffaqiyatga erishdik va biz hali tugatmadik. 

Portugaliya bizga Ispaniyaga qarganda ko‘proq muammo yaratdi. Bu juda texnikali jamoa.

Tushuna olmaynman, qanday qilib odamlar bizni tanqid qilishi mumkin. Qo‘limizdan kelganicha o‘ynaymiz, bor qurollardan foydalanamiz", - dedi murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!