
Portugaliyadan yirik, Daniyadan kichik hisobdagi g‘alaba, Angliya esa o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
"JCh-2022" saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. O‘z maydonida Lyuksemburgni qabul qilgan Portugaliya yirik 5:0 hisobida raqibni mag‘lub etdi.
Mazkur uchrashuvda Ronaldu xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Palinya va Fernandesh o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Ingzizlar maydoniga safar qilgan Vengriya ham bu turda ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
24-daqiqada mehmonlar futbolchisi Sallay hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Stouna muvozanatni tikladi. Shunday qilib, o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Bundan tashqari Daniya bu safar ham g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. Avstriyani o‘z maydonida qabul qilgan danlar Melening goli evaziga 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar