
Portugaliyada kubok g‘olibi aniqlandi!
Kecha Portugaliya kubogi finalidan o‘rin olgan "Portu" - "Tondela" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "ajdarlar" 3:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "Portu" 18-marta kubok g‘olibi bo‘ldi. Bu orqali jamoa "Sporting"ni ortda qoldirdi.
Endi Serxio Konseysau shogirdlaridan oldinda faqat "Benfika" klubi qoldi. "Burgutlar" 26 marta Portugaliya kubogida g‘alab qozongan.
Eslatib o‘tamiz, "Portu" bu mavsum chempionatda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar