
Portugaliya chempionatining eng yaxshi to‘purari "Liverpul"ga o‘tishi kutilmoqda
“Portu” klubining hujumkor yarim himoyachisi Luis Dias Marulanda kelajak faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, mersisaydliklar 24 yoshli kolumbiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida tarkibga qo‘shib olishi mumkin. Uning tovon puli 80 million evroni tashkil qiladi.
Bundan avvalroq Diasga «Chelsi», «Bavariya», «Real» va «Nyukasl» klublaridan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Luis Dias Marulanda joriy mavsum Portugaliya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol urdi. U hozircha chempionat to‘pararlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar