Portugaliya chempionatida hakam futbol tarixida ilk bor oq kartochka ko‘rsatdi! Bu nimani anglatadi? FIFAning yangi loyihalari barchani o‘ylantirib qo‘ymoqda.

  • 25 yanvar, 2023, 16:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyada ayollar o‘rtasidagi mamlakat kubogi bahsida unikal voqea sodir bo‘ldi. O‘yinni boshqarib borayotgan hakam Katarina Kampush oq kartochka ko‘rsatdi! Bunaqasi 1970 yildan beri futbol olamida ilk bor sodir bo‘ldi. Aslida, bu nimani anglatadi? G‘oyaning muallifi kim?

Tecno

fewfweflw

Aslida, qo‘polik uchun futbolchilarni ogohlantirish 1970 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan boshlangan. Bu g‘oya haqida birinchilardan bo‘lib 1962 yildagi Chili va Italiya uchrashuvini boshqargan ingliz hakami Ken Aston fikr beradi. Angliyalik referi o‘sha bellashuvda hali futbolda qizil kartochka yo‘q payt bo‘lishiga qaramay, ikki italiyalik futbolchini maydondan chetlatgani bilan ko‘pchilikning yodida qolgan edi. Oradan 4 yil o‘tib, Angliya va Argentina o‘rtasidagi o‘yinda ham janjallar seriyasi qayd etiladi. Natijada, Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundial uchun kartochkalar g‘oyasi to‘liq qabul qilindi. Unga ko‘ra, svetofor ranglari asos etib belgilandi. Sariq - ogohlantiruvchi, qizil - chetlatish ramziga aylanishi ko‘zda tutilgan. Futbol tarixidagi ilk sariq kartochka 1970 yilda Sobiq Sovet Respublikasi va Meksika bahsida Kaxi Asatianiga ko‘rsatilgan.

r56re5ker5er5_1

Bu qoida futbol olami tomonidan to‘liq o‘zlashtirilganiga qaramay, kartochkalarning rangi borasida bahsli vaziyat yuzaga kelishni boshladi. Masalan, Ispaniyada hakamlar sariq o‘rniga oq kartochkalardan foydalanishni boshladi. Bundan maqsad oq-qora ranglardagina efirga uzatilgan o‘yinni televizor orqali tomosha qilayotgan insonlarga tushunarliroq bo‘lishi edi. Rangli televizorlar paydo bo‘lishni boshlagach, butun dunyo sariq va qizil kartochkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Eng qizig‘i shundaki, UEFA sobiq rahbari Mishel Platini futbolni rivojlantirish yo‘lida oq kartochkalarni muomalaga kiritishni taklif qilgandi. Unga ko‘ra, bu kartochka sariq olganidan keyin foul ishlatgan fubolchiga ko‘rsatiladi. U esa, 10 daqiqa jamoasiga yordam bera olmaydi, biroq bu jarima vaqti tugagach, bellashuvga qo‘shilish huquqiga ega bo‘ladi. Ya’ni, u sariq va qizil kartochkalar o‘rtasidagi buffer vazifasini bajarib berishi lozim edi.

Shunga qaramay, bugun biz guvohiga aylangan oq kartochka umuman boshqa narsani anglatadi. Bu FIFA tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan maqtov va qoyil qolish ramzini anglatadi. Katarina Kampush birinchi bo‘limdan so‘ng o‘zini yomon his qilgan futbolchiga “Sporting” va “Benfika” tibbiyot xodimlarining birgalikda ko‘rsatgan yordamidan ta’sirlangani uchun ilk bor oq kartochkani namoyish etdi.

4p43p34p

Har qanday yanglik sekin-asta yoyilishi tabiiy. Hozircha, oq kartochka faqat Portugaliyada amalda xolos. Estafetani kim ilib ketishi hozircha noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda bu masala borasida ishqibozlarning kattagina qismi negativ izoh qoldirmoqda. Ko‘pchilik uchun bu mantiqsiz va hech narsani o‘zgartirmaydigan kartochka sifatida qabul qilindi. Bu xuddi qarsak chalgandek gap. Sizninga bu o‘zgarish futbolga kerakmi? Fikringizni izoxlarda yozib qoldiring!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Xolmatov
26/01/2023 09:14
Futbol tamom bo'lyapti shunga achinyapman. Hammasini bukmekirlar tez orada qo'lga oladi. Oldingiday rohatlanib tomosha qiladigan futbol yoq hozir yasha bukmekirlar