
“Portu” meksikalik yulduzini sotadi
“Portu” safida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Xesus Korona Evropaning kuchli chempionatlaridan taklif olmoqda.
Portugaliyaliklar 27 yoshli yarim himoyachini 30 million evro evaziga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.
Meksikalik futbolchiga “Everton”, “Vulverxempton” va “Sevilya” qiziqtirmoqda. Koronanning o‘zi Angliya chempionatida o‘ynashni istamoqda.
Fikrlar