Sako: Menda "Barselona", "Bavariya" va "Arsenal"dan takliflar bo‘lgan

  • 17 aprel, 2020, 01:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"2013 yil PSJni tark etganimda oldimda bir nechta taklif bor edi. "Barselona", "Bavariya", "Arsenal" va "Liverpul" menga qiziqish bildirayotgan edi. Men "Enfild"ga yo‘l oldim. "Liverpul" mening bolalik orzularimdan joy olgan tarixiy klubdir. Men bu erda fantastik 4 mavsumni o‘tkazdim. Juda ko‘plab jamoadoshlarim bilan hamon yaxshi aloqalarni saqlab qolganmiz. Luis Suares, Filippe Koutino, Starrij va Jerrard kabi futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surish ajoyib edi. Hayotimning eng baxtli damlarini ular bilan o‘tkazdim.

Tecno

Men kuchliroq bo‘lib qaytishni maqsad qilganman. Ambitsiya bilan tug‘ilsang, ambitsiya bilan o‘lasan. "Kristal Pelas"da o‘ynayotgan davrimdayoq terma jamoadan chaqiruv olishni rejalashtirganman. Atigi 30 yoshdaman. Hali ko‘p narsani isbotlashim mumkin", - dedi frantsiyalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, Sako mersisaydliklar safidagi 4 yillik faoliyati davomida jami 80 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!