
Pore faoliyatini yakunlaydimi?
UFC engil vazn toifasi jangchisi Dastin Pore (30-9-1) faoliyatini yakunlamoqchi.
"Chempion bo‘lish uchun jang qildim. Menga yana nima kerak, faqatgina xaypmi, yoki pulmi? Etarlicha o‘zimni ko‘rsata oldim.
Ahvolim yaxshi, oilam yonimda. Anig‘ini aytolmayman, ammo bu men uchun so‘nggi jang bo‘lishi mumkin", - dedi Pore.
Ma’lumot o‘rnida, kecha Dastin engil vazn toifasi chempionligi uchun amaldagi chempion Islam Maxachevga mag‘lub bo‘ldi.
Dastin Pore UFC dagi faoliyati davomida uch marta chempionlik uchun oktagonga chiqdi va barchasida mag‘lub bo‘lgan. Ammo vaqtinchalik chempion kamarini qo‘lga kiritgan. Bir marta BMF kamari uchun Jastin Getjiga qarshi jang qilgan va unda ham mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar