
Polvonlarimiz mamlakat chempionatida kuch sinashadi
Ertaga O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat chempionati start oladi. Kattalar o‘rtasida tashkil qilinadigan mazkur musobaqada 300dan ortiq polvonlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Bu haqida MOQ xabar qiladi.
Ular orasida Rustam Jangaboev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘raev, Kumushxon Fayzullaeva kabi ko‘plab jahon va Osiyo chempionati sovrindorlari ham bor. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa yil davomida bo‘lib o‘tadigan yirik musobaqalarda ishtirok etuvchi tarkibimizni saralab olishda yana bir karra yordam beradi.
Musobaqaning ochilish marosimi ertaga 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar