Polvonlarimiz jahon chempionatini "yondirmoqda"

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 10-16 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida  jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 
30 dan ortiq davlatlarning eng sara  kurashchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining kattalar o‘rtasidagi belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 3ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, kecha 13 noyabr kuni U17 o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati bellashuvlarida Baxtiyor Turg‘unpo‘latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, kattalar terma jamoamiz singari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. 

Tecno


Oltin medal:
45 kg. Abdumajid Husanboev
55 kg. Murodulla Habibullaxonov
65 kg. Sobirjon Abdullaev 
71 kg.  Boburbek Abdumalikov
77 kg. Muhammadqodir Karimjonov
77 kg.  Ezozbek Abduqayumov
+95 kg. Shohjahon Rahmatov 
44 kg. Jasmina Ma’murjonova
48 kg. Arofat Muhammadova
70 kg. Ro‘zixon G‘anijonova. 


Kumush medal:
60 kg. Sherzodbek Eliboev
77 kg. Sardorbek Axatqulov
52 kg. Gulsanam Rahmatullaeva
63 kg. Jasmina Uralbaeva


Bronza medal:
45 kg. Avazbek Toirov
50 kg. Axror G‘ofurjonov
55 kg. Amirxon Shukurboev
85 kg. Mansur Po‘latboev
95 kg. Nurbek Isaqov
+95 kg. Navro‘zbek Mamayusupov
48 kg. Gulsanam Abdukarimova
63 kg. Muxlisa Sayfiddinova
70 kg. Nasibaxon Akbarova
+70 kg. Marxaboxon Mamatkarimova
+70 kg. Rayxonaxon Mamatkarimova. 


Jahon chempionati reglamentiga ko‘ra, bugun 14 noyabr kuni Qozon shahrida (U 20) yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Polvonlarimizga omad tilaymiz. Darvoqe, avval ta’kidlaganimizdek mazkur jahon chempionatida xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Miranshoh Ro‘ziev, Sergey Txak, Ne’matulla To‘ychiev, Elmurod Abdullaevlar hakamlik vazifasida ish olib borishyapti. Sport delegatsiyamizga esa O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qilmoqda. 
Musobaqa 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!