Pol Pogba maydonga qaytmaydi

  • 18 noyabr, 2021, 15:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bu yil maydonga qaytmaydi. Mashhur futbolchi Frantsiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat oldi va kamida bir yarim oy davomida davolanishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Pogba davolanish jarayonini Frantsiya yoki Angliyada o‘tkazadi. Shundan so‘ng shaxsiy murabbiyi bilan formasini tiklash uchun Birlashgan Arab Amirliklariga boradi.

Pol Pogba manchesterlik safida 2016 yildan buyon to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Klub yarim himoyachini yangi bitimga ko‘ndira olmayapti.

Bugungi kunda “Real”, PSJ va “Yuventus” frantsiyalik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Joriy mavsumda Pogba Angliya premer-ligasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga ettita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!