
Pogba "Yuvenuts" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi (Foto)
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus" bilan shartnoma imzolashdan oldin “keksa sinora” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan keyin turinliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Pogba o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 9 ta golli uzatmani yozddirib qo‘ygan. U 2022 yilning 30 iyunida erkin agent sifatida mankunianliklar safini tark etdi.
Fikrlar