
Pogba “Yuventus” bilan qachon shartnoma imzolashi ma’lum
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Pol Pogbaning “Yuventus” bilan qachon shartnoma imzolashi aniq bo‘ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yarim himoyachi hafta oxirida Turinga uchib ketadi.
9-iyul, shanba kuni esa 29 yoshli frantsiyalik “keksa sinora” bilan bitim imzolagani rasman ma’lum qilinadi.
Avvalroq Pol klub bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olganligi haqida xabar qilingan edi. Uning MYu bilan shartnomasi o‘tgan oy oxirida yakuniga etgan bo‘lib, turinliklar safiga erkin agent maqomida qo‘shiladi.
Yakuniga etgan mavsum futbolchi “qizil iblislar”ning barcha musobaqalar doirasidagi 26 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar