Pogba "Yuve" libosini kiydi va uy karantinida Lindelef bilan birga shug‘ullandi (Video)

  • 19 mart, 2020, 00:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba italiyaliklarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida "Yuventus" libosida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi uy karantinida Viktor Lindelyof bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan videosini o‘zining "Instagram" sahifasiga joylashtirdi.

"Bilaman, "Yuventus" libosini kiyganim uchun ayrimlar jiddiy munosabat bildirishadi, ammo men do‘stlarimni qo‘llab-quvvatladim, boshqa hech narsa emas," - deb yozdi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Pogba "Manchester Yunayted"ni tark etishni istayotgani va "Yuventus"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!