
Pogba "Real"ga o‘tadi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.
Daily Star tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi 2022 yilning yozida, ya’ni MYu bilan shartnomasi yakunlangach, “Real”ga o‘tmoqchi.
Pogba APLning yangi 2021/2022 yilgi mavsumini ajoyib boshladi. U “Lids”ga qarshi o‘yinda 4 ta golga assistentlik qildi. “Manchester Yunayted” shu kuni 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Nufuzli transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Pogbaning ayni damdagi transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi.
Bundan avvalroq, Pol Pogbaga PSJ jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar