
Pogba "ko‘chada qoldi"
"Yuventus" klubining texnik direktori Kristiano Juntoli 31 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba jamoani tark etishini tasdiqladi.
"Pogba ajoyib futbolchi, ammo endi bizning boshqa rejalarimiz bor. Biz boshqa o‘yinchilarga sarmoya kiritdik, endi jamoamiz to‘liq qurib bo‘lindi", - deya Juntolining so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etadi. 31 yoshli yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabrida Pogba doping qoidabuzarligi uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi. Ammo Sport arbitraj sudi yarim himoyachining diskvalifikatsiya muddatini 4 yildan 18 oyga qisqartirish haqida qaror qabul qildi. Endi Pogba 2025 yilning mart oyidan e’tiboran rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar