"Pogba kerakli vaqtda o‘z darajasiga qayta oladi!"

  • 14 noyabr, 2020, 18:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris terma jamoadagi sherigi Pol Pogba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Pogbaga ritm etishmayapti, ammo u terma jamoada o‘ynayotganidan juda xursand. Uning yangi chaqiruvlarga tayyorligini va Frantsiya terma jamoasida o‘ynashdan faxrlanishini ko‘ryapmiz. Pol jamoadagi etakchilardan biri.

U bilan birgalikda uzoq yo‘l bosib o‘tdik. Pogba kerakli vaqtda qanday qilib o‘z darajasiga qaytishni biladi. Bunga ishonchim komil. Umid qilamanki, u Portugaliya terma jamoasi bilan o‘yinda muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani qiladi",-deya "Goal.com" sayti Loris so‘zlarini keltirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!