
Pogba Germaniyaga bormaydi!
Taniqli Mino Rayola frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba Bundesliga grandi “Bavariya”ga o‘tmasligini ma’lum qildi.
Mavsum oxirida Pogbaning shartnomasi tugaydi. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik tajribali yarim himoyachi ketishni istasa, unga to‘sqinlik qilmasligini aytdi.
- Pogba bo‘yicha juda ko‘p takliflar bor. Manchesterliklar bilan ham hamkorlikni davom ettirish imkoni bor. Hammasi Polning qo‘lida. Unga eng ma’qul variantni topishimiz kerak.
Pol Germaniyaga bormaydi. Germaniyaliklarning mentaliteti boshqacha. “Bavariya” Pogbaga mos keladigan yagona nemis jamoasi. Biroq ular futbolchi kutgan maoshni bermaydi. Katta maosh berish ularning qo‘lidan kelmaydi, demayman, aksincha, ular katta pul to‘lashni istamaydi, - dedi Mino Rayola.
Fikrlar