
Pogba "Barselona"ga o‘tishni istasa, bir shartga rozi bo‘lishi kerak
"Barselona" keyingi yozda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani jamoaga taklif qilmoqchi.
Mavsum oxirida frantsuz futbolchisining "Manchester Yunayted" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi. Agar u “qizil iblislar” bilan yangi shartnoma imzolanmasa, erkin agentga aylanadi.
Kataloniyaliklar rahbariyati Pogba bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq ular Polga raqobatchilardan ko‘ra yaxshiroq moliyaviy takliflar qila olmasligi mumkin. Shu bois, Pogba "Barselona"ga o‘tishni istasa, maoshining kamayishiga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq, Pogbaning agenti Mino Rayola mijozi "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini aytgandi.
Pol Pogba joriy mavsum Angliya premer-ligasida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 7 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar