Pochettinoni "Inter"da kutishmoqda

  • 3 avgust, 2020, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan so‘ng ishsiz yurgan Maurisio Pochettino yana katta futbolga qaytishi mumkin.

Tecno

FC Inter News nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Antonio Konte “Inter”dan ketsa, uning o‘rnini argentinalik mutaxassis egallashi mumkin. “Neradzurrilar” bu borada ko‘proq Massimiliano Allegri variantini ko‘rib chiqmoqda. Pochettino esa, uning muqobili sifatida zaxira nomzodi bo‘lib turibdi.

Pochettino nomzodini ko‘proq “Inter” vitse-prezidenti Xaver Dzanetti va sport direktori Pero Auzilio qo‘llab-quvvatlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!