Pochettino: Messi barcha narsaga ta’sir o‘tkaza oladi

  • 9 oktabr, 2024, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino MLSda "Inter Mayami" sharafini himoya qilayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

Tecno

"Messining ta’sirini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki bu aql bovar qilmaydigan darajada. Nafaqat muxlislar uchun, balki hamma narsa uchun ta’sir qila oladi. U barchani, atrofidagi butun tuzilmani ruhlantira oladi. Bu nafaqat hozir, balki o‘rta va uzoq muddatda ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi”, - dedi Pochettino CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Messi PSJda to‘p surgan paytida Maurisio Pochettino murabbiy sifatida jamoani boshqargan. Messining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!