
Pochettino "Chelsi"ga hujumchi topib qo‘ydi
Mourisio Pochettino "Chelsi" ish boshlashga yaqin turibdi. Murabbiy jamoani yozda qabul qilib oladi va keyingi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘radi. "Aristokratlar"ning transferlar oynasidagi asosiy maqsadi yangi hujumchi sotib olishdir. Klub bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Agarda londonliklarga Pochettino ustozlik qilsa, u Xarri Keynni o‘z jamoasiga olib kelishi mumkin, deya xabar tarqatmoqda "Talk Sport" nashri. 29 yoshli ingliz sobiq murabbiyi qo‘l ostida yana to‘p tepishi mumkin.
Amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadigan Keyn "Tottenxem"ni tark etish haqida so‘nggi qarorni chiqarmadi. Bu jamoaga keladigan mutaxassisga bog‘liq. Mazkur kurashda "Manchester Yunayted" va "Bavariya" ham bor.
Fikrlar