
Pley-off o‘yinidan oldin prevyu: "Qo‘qon-1912" - "Metallurg"
4 dekbar kuni pley-off doirasida "Metallurg" safarda pro liga vakili "Qo‘qon-1912"ga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushadi.
Mazkur jamoalar kuchlilar safida 26 marta to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 12 tasida bekobodliklar, 11 tasida qo‘qonliklarning qo‘li bilan kelgan. 3 ta o‘yin esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 36:34, poytaxt viloyati vakillari foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Metallurg” 39, “Qo‘qon 1912” 36 ochko jamg‘argan.
Qo‘qonda o‘tkazilgan bahslarda katta ustunlik mezbonlar tomonida. “Metallurg” jamoasi safarda ushbu raqibini 3 marta mag‘lubiyatga uchratgan. 1 ta o‘yinda durang qayd etgan, 9 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To‘plar nisbati – 25:11.
Qo‘qonda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
31.03.2022 «Qo‘qon 1912» - «Metallurg» - 1:0
15.04.2021 «Qo‘qon 1912» - «Metallurg» - 0:1
16.03.2020 «Qo‘qon 1912» - «Metallurg» - 0:2
30.09.2019 «Qo‘qon 1912» - «Metallurg» - 2:3
13.07.2018 «Qo‘qon 1912» - «Metallurg» - 2:1
Fikrlar