
Piter Xyuistraning taqdiri nima bo‘ladi? U yana Shota bilan birga ishlashi mumkin
Turkiyalik tadbirkor Ajun Ilijali "Tvitter"dagi sahifasi orqali Angliyaning "Xall Siti" jamoasini sotib olganini ma’lum qildi.
"Xall Siti" ayni damda Chempionshipda harakat qilmoqda. "Yo‘lbarslar" 26-turdan so‘ng 26 ochko to‘plagan holda 19-o‘rinda bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi rahbarlar jamo postiga Shota Arveladzeni bosh murabbiy simfatida olib kelmoqchi.
Gruziyalik mutaxassisga o‘tgan mavsumda "Paxtakor"ni boshqargan qadrdon do‘sti Piter Xyuistra yordam beradi.
"Xall Siti" turk uchun 30 million funtga tushgani aytilmoqda.
Manba: Futbolium
Fikrlar