Piter Xyuistra: U xali rivojlanishi kerak

  • 28 iyun, 2021, 05:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turida "Paxtakor" Surxonni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsdan keyin "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistrao‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

Tecno

- O‘yinni yaxshi boshladik. Tezkor gol ishimizni ancha osonlashtirdi. Birinchi bo‘limda ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Lekin ikkita to‘p kirita oldik. Tezkor gol ishonch berdi. Zaxiradan qo‘shilgan futbolchilar ham o‘yinni xotirjam nazorat qildi. Barcha futbolchilar yaxshi o‘ynashdi. Bugungi g‘alabadan ko‘nglim to‘ldi.

Jamoada yaqqol hujumchi yo‘qligi bois Sherzod Temirovni o‘ynatmoqdamiz. To‘pni qabul qilib olishda to‘g‘ri pozitsiyada o‘ynay oladi. U xali rivojlanishi kerak. Oldinda nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!