Piter Xyuistra O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqan sakkizinchi xorijlik murabbiy. Ro‘yxatda yana kimlar bor?

  • 9 dekabr, 2021, 14:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” Superligada navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritganidan keyin klub matbuot xizmati qiziq ma’lumotni taqdim etdi. Ya’ni, O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan xorijlik murabbiylar tilga olingan. Unga ko‘ra, niderlandiyalik Piter Xyuistra “Paxtakor” bilan chempionga erishgan to‘rtinchi xorijlik mutaxassisga aylandi.  

Tecno

xyuistra1_2

“Shu paytga qadar O‘zbekiston chempionatida 7 nafar xorijlik murabbiy g‘olib chiqqan. Vega da Silva (Braziliya, "Paxtakor"), Leonid Ostroushko (Qozog‘iston, "Do‘stlik"), Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston, "Paxtakor"), Ziko (Braziliya, "Bunyodkor"), Luis Felipe Skolari (Braziliya, "Bunyodkor"), Andrey Fyodorov (Rossiya, "Lokomotiv") va Shota Arveladze (Gruziya, "Paxtakor") hozirgacha chet ellik mutaxassislar orasida chempionga aylangandi. Arveladze va Agamurodov ikki martadan chempion bo‘lishgan”, - deb yozadi “Paxtakor” matbuot xizmati.   

Endi ularning qatoriga Xyuistra ham qo‘shildi va u chempionatimizda g‘olib chiqqan sakkizinchi xorijlik murabbiy sifatida e’tirof etiladi. Lekin Piterning kelasi yili "Paxtakor"da ishlash yoki ishlamasligi hozircha noma’lum. Barchasi uning rahbariyat bilan muzokaralaridan keyin oydinlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!