
Piter Xyuistra: Keyingi bosqchiga chiqish uchun "Paxtakor"da imkoniyat mavjud
OChL 5-turidan o‘rin olgan "Traktor" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Piter Xyuistra ishtirok etdi.
"Ertaga bizni ahamiyati juda yuqori o‘yin kutmoqda. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat qolgan. G‘alaba qozonish orqali kurashda qolishimiz mumkin. Buni uddalashga harakat qilamiz. "Traktor" bilan birinchi o‘yinimiz esda qolarli kechgandi. 3:3 natijasi bizga ijobiy va salbiy taassurotlarni bergandi. Ertaga boshqacha o‘yin bo‘lishi mumkin, har bir bahsning o‘z tarixi bor. Biz yaxshiroq o‘ynagan holda zafar quchishga intilamiz", - deya Xyuistraning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar