Piter Xyuistra: "Biz qur’adan qoniqdik"

  • 28 yanvar, 2021, 13:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra Osiyo Chempionlar Ligasining qur’asi xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Chempionlar Ligasidagi raqiblarni qur’a marosimidan so‘ng bilib oldik. Birinchi raqibimiz "Sharja" juda yaxshi jamoa. BAA chempioni va ularni "Shabab Al-Ahli"ga qiyoslasak bo‘ladi. Bizni juda ajoyib ikki o‘yin kutmoqda. Ikkinchi raqibimiz "Traktor" Eronning barcha jamoalari kabi kuchli. To‘g‘ri, ular "Persepolis" emas, ammo baribir yaxshi shakllangan va qiziqarli raqib. Uchinchi jamoani esa, saralash o‘yinidan keyin bilib olamiz. Saudiya Arabistonining "Al-Vahda" yoki Iroqning "Eyr Fors" klubi raqibimizga aylanadi. Guruhimizda yaxshi saviyadagi jamoalar to‘plangan, deb o‘ylayman.

Biz qur’adan qoniqdik. "Paxtakor" guruh bosqichida o‘ynash borasida ustunlikka ega. Biz guruhdan o‘tishni istaymiz. Buning uchun bor imkonimiz bilan mehnat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!